Andrea Stella — McLaren jamoasi rahbari — 2026-yilgi Formula One mavsumining ilk poygalari oldidan jamoaning rejasi haqida fikr bildirdi.
Mutaxassisning aytishicha, mavsum boshida jamoa raqiblarni quvib yetish uchun ehtiyotkor strategiyani tanlaydi.
“Boshqalarga yetib olish uchun ancha harakat qilishimiz kerak. Bolidni imkon qadar tez rivojlantirish muhim. Kuchlar nisbati aniq bo‘lgach, mashinani takomillashtirish hal qiluvchi omilga aylanadi. Futbolcha ta’bir bilan aytganda, mavsumning birinchi yarmida himoyadan o‘ynaymiz va qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qilamiz.
Melburndagi poygada biz testlarda ishlatilgan bolid bilan qatnashamiz. Kichik aerodinamik o‘zgarishlar kiritamiz va vazn kabi muhim jihatlar ustida ishlashda davom etamiz”, — dedi Stella Motorsport-Total nashriga.
