Nufuzli sport nashri ESPN vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng kuchli bokschilari (P4P — pound-for-pound) reytingining yangilangan talqinini e’lon qildi.
Reyting maxsus ochkolar tizimi asosida tuziladi: ekspertlar birinchi o‘ringa qo‘ygan bokschi 10 ochko, ikkinchi o‘rin — 9 ochko va shu tartibda pastlab boradi.
Bivol va Beterbiyev reytingdan chiqarildi
Yangilangan ro‘yxatda rossiyalik bokschilar — Dmitry Bivol hamda Artur Beterbiev faollik yetishmagani sabab reytingdan chiqarildi. Ularning oxirgi jangi 2025-yil 23-fevral kuni aynan o‘zaro kechgan edi.
Shuningdek, Ryan Garcia WBC kamari uchun Mario Barrios ustidan g‘alaba qozonib jahon chempioniga aylanganiga qaramay, yetarli ovoz to‘play olmagani sabab TOP-10 ro‘yxatiga kiritilmadi.
ESPN talqini bo‘yicha P4P reyting (27-fevral holatiga)
1. Oleksandr Usyk (24-0)
2. Naoya Inoue (32-0)
3. Jesse Rodriguez (23-0)
4. Shakur Stevenson (25-0)
5. David Benavidez (31-0)
6. Junto Nakatani (32-0)
7. Devin Haney (33-0)
8. Jaron Ennis (35-0-0-1)
9. Saul Alvarez (63-3-2)
10. Vergil Ortiz Jr. (24-0)
Shu tariqa meksikalik superyulduz Saul Alvares (Kanelo) reytingda o‘z o‘rnini saqlab qolgan bo‘lsa, Bivol va Beterbiyev uzoq tanaffus sabab vaqtincha P4P ro‘yxatini tark etdi.
