RacingNews365 nashri xabariga ko‘ra, 2022-yilda texnologik gigant Oracle jamoaning titul homiysiga aylangan va jamoa rasmiy ravishda Oracle Red Bull Racing deb nomlana boshlagan. Tomonlar yaqinda kelishuvni uzaytirdi va shartnoma qiymati yiliga 110 mln dollarni tashkil etadi.
Bu Formula-1 start panjarasidagi eng yirik homiylik bitimi bo‘lib, Scuderia Ferrarining HP bilan tuzgan 100 mln dollarlik shartnomasidan ham yuqori. Uchinchi o‘rinda McLaren jamoasining Mastercard bilan yiliga 90 mln dollarlik hamkorligi joylashgan.
2026-yilgi mavsumda F-1’dagi eng yirik titul homiylik shartnomalari:
1️⃣ Oracle Red Bull Racing (Oracle) — $110 mln
2️⃣ Ferrari (HP) — $100 mln
3️⃣ McLaren (Mastercard) — $90 mln
4️⃣ Mercedes-AMG Petronas F1 Team (Petronas) — $80 mln
5️⃣ Audi F1 Team (Revolut) — $75 mln
6️⃣ Aston Martin F1 Team (Aramco) — $75 mln
Qayd etilishicha, ko‘rsatilgan summalar nafaqat pul to‘lovlarini, balki texnologik xizmatlar, dasturiy ta’minot va texnik qo‘llab-quvvatlash qiymatini ham o‘z ichiga oladi.
