Britaniyalik promouter Eddie Hearn UFC prezidenti Dana White bilan keskin munosabatlar fonida Saudiya Arabistoni Ko‘ngilochar tadbirlar bosh boshqarmasi raisi Turki Al ash-Sheikh bilan aloqalari haqida fikr bildirdi.
“Menda Turki Al ash-Sheikh bilan hech qanday muammo yo‘q. ‘U buni ortingdan qildi deb o‘ylamaysanmi?’ deyishlari mumkin. Balki shundaydir, lekin men uni ayblamayman. Bu shunchaki uning uslubi.
Lekin bilaman — qachon unga kerak bo‘lsam, biz birga ishlaymiz. Qachon kerak bo‘lmasam yoki u meni chetlab o‘tishga harakat qilsa ham, bunga tayyorman. Hech bo‘lmaganda vaziyatni tushunib turibman”, — dedi Xirn.
Xirnning so‘zlariga ko‘ra, professional boks va MMA olamida manfaatlar tez-tez o‘zgarib turadi, shuning uchun u vaziyatga pragmatik yondashmoqda.
