Lyuis Xemilton hayotidagi qahramonlarini aytdi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Lyuis Xemilton hayotidagi qahramonlarini aytdi

41 yoshli britaniyalik poygachi, Scuderia Ferrari jamoasi a’zosi Lewis Hamilton o‘z hayotida kimlarni qahramon deb bilishini aytib o‘tdi.

“Nelson Mandelaning tarjimai holini o‘qib ko‘ring. Uning hayotini o‘rganishni boshlaganimda, u meni nihoyatda ilhomlantirdi. Mandela — mening qahramonim. U bilan bir qatorda Muhammad Ali, Superman va Ayrton Sennani ham qahramon deb bilaman”, — dedi Xemilton nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Lewis Hamilton Formula One tarixidagi eng muvaffaqiyatli poygachilardan biri hisoblanadi. U yetti karra jahon chempioni bo‘lib, “qirollik poygalari”dagi faoliyatini 2007-yilda boshlagan.

Britaniyalik haydovchi Formula-1 tarixida 100 ta g‘alaba va 200 ta podium natijasiga erishgan ilk poygachi bo‘lgan. Shuningdek, u Formula-1 tarixidagi ilk qora tanli asosiy poygachi sifatida ham tarixga kirgan.