Yarim yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni va hozirgi BMF kamari sohibi Max Holloway UFC tarixidagi eng buyuk to‘rt jangchi ro‘yxatini tuzdi. Amerikalik sportchi bu haqda Paramount’ning YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Hollouey fikricha, UFC tarixidagi eng buyuk 4 jangchi quyidagilar:
1. Georges St-Pierre
2. Anderson Silva
3. Randy Couture
4. Daniel Cormier
E’tiborlisi, bu ro‘yxatda birorta ham rossiyalik jangchi yo‘q.
Ma’lumot uchun, Hollouey so‘nggi jangini 20-iyul kuni Ultimate Fighting Championship turniri — UFC 318’da o‘tkazdi. U hamyurti Dustin Poirier bilan to‘qnash keldi. Besh raund davom etgan jang yakunda Holloueyning hakamlar qarori bilan qozongan g‘alabasi bilan yakunlandi.
