Oliveyra UFC’dan Braziliyada stadion turniri o‘tkazishni talab qildi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Oliveyra UFC’dan Braziliyada stadion turniri o‘tkazishni talab qildi

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni, braziliyalik jangchi Charles Oliveira Ultimate Fighting Championship rahbariyatidan Braziliyada stadionda katta turnir o‘tkazishni so‘radi.

“Men buni avval ham aytgandim va oxirgi jangimdan keyin ham takrorladim — Braziliya bunga loyiq. Hozir aynan shunday vaqt. Endi buni amalga oshirish kerak. Stadionda turnir o‘tkazaylik. Braziliya ham, braziliyalik muxlislar ham bunga loyiq.

Stadion markaziga oktagonni qo‘ying, biz esa o‘z ishimizni qilamiz — stadionni to‘ldiramiz. Eshityapsizmi, Dana, Hanter, Shon Shelbi — kelinglar, buni amalga oshiraylik. Braziliya xalqi bunga loyiq va biz buni a’lo darajada o‘tkazamiz”, — dedi Oliveyra.