8 martga o‘tar kechasi Las Vegas shahrida UFC 326 turniri bo‘lib o‘tdi. Asosiy jangda Charles Oliveira hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan Max Hollowayni (50–45, 50–45, 50–45) mag‘lub etib, BMF kamarini qo‘lga kiritdi.
Asosiy kard natijalari:
• Caio Borralho — Reinier de Ridderni hakamlar qarori bilan mag‘lub etdi.
• Raul Rosas Jr. — Rob Font ustidan ochkolar hisobiga g‘alaba qozondi.
• Drew Dober — Michael Johnsonni 2-raundda nokaut qildi.
• Gregory Rodrigues — Bruno Ferreirani 1-raunddayoq nokautga uchratdi.
