Ikki vazn toifasida sobiq Ultimate Fighting Championship chempioni Conor McGregor hali jang uchun rasmiy shartnoma olmaganini ma’lum qildi.
Unga turli raqiblar taklif qilingan, biroq kontrakt yuborilmagan. Irlandiyalik jangchi UFC 326 turnirida Max Holloway va Charles Oliveira o‘rtasidagi BMF kamari uchun jang g‘olibi bilan ham oktagonga chiqishga tayyorligini aytdi.
Makgregor faoliyatini yakunlash niyati yo‘qligini bildirib, yana kamida 10 ta jang o‘tkazishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.
