International Boxing Federation (IBF) birinchi og‘ir vazn toifasi chempioni Jai Opetaia va Brandon Glanton o‘rtasidagi jangni sanksiyalashdan bosh tortdi. Ushbu bahsda yangi tashkil etilgan Zuffa Boxing kamarining ham o‘ynalishi rejalashtirilgandi.
IBF bayonotiga ko‘ra, tashkilot Zuffa kamarining maqomi bo‘yicha chalg‘itilgan. Avval u faqat “trofey yoki e’tirof belgisi” sifatida taqdim etilgan, biroq matbuot anjumanida Opetaya jangni birlashtiruvchi bahs deb atagan.
Agar Opetaya baribir ushbu jangni o‘tkazsa, u IBF kamaridan mahrum qilinadi. Bu uning faoliyatida ikkinchi bor sodir bo‘lishi mumkin. Avval 2023 yilda u majburiy da’vogar Mairis Briedis o‘rniga Ellis Zorro bilan jang qilgani uchun kamaridan ayrilgandi.
