Honda” rahbari: “Aston Martin” mashinasidagi muammo qisman hal qilindi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Honda” rahbari: “Aston Martin” mashinasidagi muammo qisman hal qilindi

Hondaning poyga bo‘limi rahbari Koji Watanabe Aston Martin F1 Team bolididagi vibratsiya muammosi qanday hal qilinayotgani haqida gapirdi.

“Biz batareya va dvigateldagi vibratsiyani kamaytirish uchun choralar ko‘rdik. Natijalar samarali bo‘lganini tasdiqlaymiz. Shu tufayli mashina bosib o‘ta oladigan aylana soni ham oshdi. Men haydovchilar bilan gaplashdim va vaziyat Bahrain Grand Prixga qaraganda ancha yaxshilangan. Lance Stroll esa muammoning taxminan yarmi hal bo‘lganini aytdi.

Shunga qaramay, hozircha biz kuch qurilmasidan foydalanishni cheklab turibmiz. Hozirgi bosqichda dvigatel va mashinaning to‘liq imkoniyatlari haqida aniq narsa ayta olmaymiz. Biz hali uni kerakli darajada chuqur o‘rganayotganimiz yo‘q”, — dedi Koji Watanabe. Uning so‘zlarini Shiga Sports nashri keltirdi.