Dana Uayt: Maxachev Oq uy turnirida jarohati sabab qatnasha olmaydi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Dana Uayt: Maxachev Oq uy turnirida jarohati sabab qatnasha olmaydi

UFC prezidenti Dana White nima sababdan amaldagi yarim o‘rta vazn (77 kg gacha) chempioni Islam Makhachev Oq uyda o‘tkaziladigan turnir kardiga kiritilmaganini tushuntirdi.

“Uning qo‘lida muammo bor. Men buni bilaman. Jarohat qanchalik jiddiyligini yoki u qancha vaqt jang qila olmasligini aniq bilmayman, ammo u jarohat olgan”, — dedi Dana White. Uning so‘zlarini MMA Fighting nashri keltirdi.

Ma’lumot uchun, Islam Makhachev so‘nggi jangini 2025 yil noyabr oyida o‘tkazgan. O‘sha bahsda u avstraliyalik Jack Della Maddalenani hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan mag‘lub etib,UFCning yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.