Álvaro Carreras jarohat sabab Real Madrid CF ning Manchester City FC ga qarshi UEFA Champions League 1/16 final uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
9 mart kuni 22 yoshli himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tekshiruv natijasida uning o‘ng oyog‘i boldir mushagida jarohat aniqlangan. Futbolchining tiklanish muddati hozircha aniq emas, biroq klub tibbiy shtabi unga yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushishni qat’iyan taqiqlagan.
Joriy mavsumda Karreras “qirollik klubi” safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
“Real” safidagi vaziyat esa tobora murakkablashmoqda. Bir qator muhim futbolchilar — Kylian Mbappé, Rodrygo, Eduardo Camavinga, Álvaro Carreras va Jude Bellingham — ham “Manchester Siti”ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin.
