Yarim yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Max Holloway UFC 326 turnirida braziliyalik Charles Oliveira ga qarshi revansh jangida mag‘lub bo‘lgach, ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.
“Eng baland cho‘qqilar ham, eng og‘ir qulashlar ham bo‘ladi. Bu shanba kechasi meniki bo‘lmadi. Oilam, do‘stlarim va meni qo‘llab-quvvatlagan muxlislardan uzr so‘rayman. Oliveyraga hurmat — u o‘z ishini a’lo darajada bajardi.
Hech qanday bahona yo‘q. Men avval ham shunday vaziyatda bo‘lganman va yana qaytish uchun nima qilish kerakligini bilaman. Bu hali oxiri emas. Yana cho‘qqida ko‘rishamiz”, — deb yozdi Hollouey.
