Totti “Roma” murabbiylar shtabiga qaytadi — Skira - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Totti “Roma” murabbiylar shtabiga qaytadi — Skira

Afsonaviy futbolchi Francesco Totti yaqin kunlarda yana AS Roma safiga qaytishi mumkin. Bu haqda insayder jurnalist Nicolò Schira ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Roma” rahbariyati 49 yoshli Totti bilan uni jamoaning murabbiylar shtabiga qo‘shish borasida kelishuvga erishgan. Hozirda muzokaralar yakuniy bosqichda bo‘lib, uning klubga rasmiy qaytishi yaqin vaqt ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Totti murabbiylar shtabida faoliyat olib boradi va rahbariyatga oid lavozimlardan birini egallaydi. Uning aniq vazifalari keyinroq oshkor qilinadi. Hozirda jamoaning bosh murabbiyi lavozimini Gian Piero Gasperini egallab turibdi.