Islam Makhachev UFC yarim o‘rta vazn toifasi chempioni bo‘lib, yengil vazn chempioni Ilia Topurianing ayblovlariga javob qaytardi.
Avvalroq Ilia Topuria Mahachevni Oq uyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan jangni buzishda ayblagan edi. Rossiyalik jangchi bunga ijtimoiy tarmoq orqali keskin munosabat bildirdi.
“Bu yerda kim qo‘rqib ketganini ikkimiz ham yaxshi bilamiz. Sen qo‘rqoqligingni jirkanch tvitlar bilan yashirishga urinishing mumkin, ammo xavotir olma — bir kuni so‘raganingni albatta olasan! Va sening semiz menejering men bilan jang qilish uchun milliardlar so‘rashi shart emas, biz buni bepul ham qilishimiz mumkin”, — deb yozdi Islam Makhachev X ijtimoiy tarmog‘ida.
