Gvardiola: “Hisob og‘ir, lekin hali oldinda 90 daqiqa bor” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Gvardiola: “Hisob og‘ir, lekin hali oldinda 90 daqiqa bor”

Pep Guardiola boshqaruvidagi Manchester City jamoasi Real Madridga qarshi UEFA Champions League 1/8 finalining ilk uchrashuvida 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan keyin mankunianliklar bosh murabbiyi natijaga munosabat bildirdi.

“Hisob hammasini ko‘rsatib turibdi, lekin hali oldinda 90 daqiqa bor. Menimcha, o‘yin unchalik ham yomon bo‘lmadi. Birinchi bo‘limda ularda uchta imkoniyat bo‘ldi va ular uchalasini ham golga aylantirdi. Ular qarshi hujumlarda har doim xavfli.

Biz esa ko‘p bor ularning himoya chizig‘igacha yetib bordik, ikkinchi bo‘limda ham shunday bo‘ldi. Ammo bizga oxirgi uzatma yetishmadi. Ular juda tartibli va yaxshi himoyalanishdi.

O‘yinni yomon boshlamadik. Hozir esa ovqatlanib, dam olib, keyin kayfiyatimizni ko‘tarishga harakat qilamiz,” — dedi Gvardiola.