Liam Rosenior boshqaruvidagi Chelsea Paris Saint-Germainga qarshi UEFA Champions League 1/8 final ilk uchrashuvida 2:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Londonliklar bosh murabbiyi o‘yindan keyin natija uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
“Futbolda har qanday taktik qaror risk bilan bog‘liq. Uzun pas ham, hujum qurish ham qarshi hujumga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu natija uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmamga olaman. Eng qiyini — o‘yinni nazorat qilayotgan paytimizda raqib 0,9 xG bilan besh gol urganidir,” — dedi Rosinyor.
Murabbiyning aytishicha, jamoa xatolar ustida ishlaydi va oldinda muhim o‘yinlar turibdi. Avval Newcastle Unitedga qarshi uchrashuv, undan keyin esa PSJga qarshi javob bahsi o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, o‘yinda parijliklarning xG ko‘rsatkichi 0,98, Chelseaniki esa 1,73 bo‘lgan.
