Valverde: “Bu ko‘pchilik orzu qiladigan oqshom edi” - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Valverde: “Bu ko‘pchilik orzu qiladigan oqshom edi”

Federico Valverde Real Madridning Manchester City ustidan 3:0 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Urugvaylik yarim himoyachi UEFA Champions League 1/8 finalining ilk o‘yinida xet-trik qayd etib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

“Bu ko‘pchilik orzu qiladigan oqshom edi. Jamoadoshlarimga rahmat — ular orqamni ishonchli himoya qilib, menga kuch va ishonch berdi. Murabbiylar shtabiga ham mavsum davomida qilgan mehnati uchun minnatdorchilik bildiraman. Murabbiy oldinga chiqib, xavfli hududlarda paydo bo‘lishimni so‘ragandi. Bugun o‘sha zonalarda ko‘proq futbolchilar paydo bo‘ldi va bu menga hujumda erkinlik berdi. Jamoadoshlarim juda yaxshi paslar berishdi,” — dedi Valverde.