Lewis Hamilton, 41 yoshli britaniyalik va yetti karra Formula 1 chempioni, Ferrari bilan 2026-yil mavsumining Xitoy bosqichi oldidan mamlakatning tabiati va madaniyatidan hayratda qolganini bildirib o‘tdi.
“Men Xitoyga erta yetib keldim, Avstraliya GPdan keyin darhol kelishga harakat qildim. Onam bilan birga Shanxayga uchib, so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jiuzhaigou National Parkga bordik — bu men ko‘rgan eng go‘zal joy. Tog‘lar, ko‘k lagunlar… Havosi shunchalik toza va yangi, bu joy meni haqiqatan ham energiya bilan to‘ldiradi.
Men Xitoyning shaharidan tashqari qismini ham ko‘rishni xohlardim — tibet qishloqlari, muzeylar va mahalliy rassomlar asarlari meni hayratga soldi. Shu imkoniyat uchun o‘zimni juda baxtli his qilaman va siz bilan bu go‘zallikni bo‘lishishni xohladim. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz uchun minnatdorman, ayniqsa bu 20 yil davomida. Umid qilamanki, ushbu hafta oxirida sizni faxrlantira olaman,” — dedi Hamilton.
