“Meksikalik” “Cadillac” pilotı Serxio Peres mavsum boshidagi tajribalari haqida fikr bildirdi.
“Oxirgi olti oyim Red Bull’da har jihatdan qiyin kechdi. Men tanaffusga muhtojligimni his qildim. Ba’zi narsalarni tashqaridan ko‘rish mumkin emas edi, lekin ketganimdan keyin ularni angladim.
O‘zimni boshqacha his qilyapmanmi? Albatta. Mashina qanday ishlab chiqilayotganini ko‘ryapman, biz bir yo‘nalishda harakat qilayapmiz va bu yordam beradi. Va men albatta sezaman, mening fikrim hozir ancha qadrlanadi”, — deydi Peres, Motorsport nashriga bergan intervyusida.
