29 yoshli mashhur amerikalik bloger va bokschi Jake Paul 38 yoshli sobiq ikki vazn toifasida UFC chempioni Jon Jones ga o‘zining Most Valuable Promotions (MVP) promousheniga qo‘shilish taklifini bildirdi.
Bu taklif Jons UFC rahbariyati bilan kelishmovchilikka borib, tashkilotdan o‘z shartnomasini bekor qilishni talab qilganidan so‘ng yangradi.
“Jon, sen har doim bizning MVP promoushenimizga o‘tishing mumkin. Biz senga haqiqatan ham loyiq bo‘lgan gonorarni to‘laymiz”, — dedi Pol. Uning so‘zlarini Netflix Sports’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi keltirdi.
Jon Jones professional faoliyatini 2008-yildan 2024-yilgacha davom ettirgan. Uning rekordida 28 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat va 1 ta bekor qilingan jang mavjud. Ko‘plab tahlilchilar va jangchilar uni aralash yakkakurashlar tarixidagi eng buyuk sportchilardan biri sifatida baholaydi.
