29 yoshli mashhur bloger va bokschi Jake Paul UFC promoushenini keskin tanqid qildi. Uning fikricha, tashkilot moliyaviy sabablar tufayli katta janglarni tashkil qilishda qiynalmoqda.
“Menimcha, MMA hozir g‘alati holatda. Bu biz uchun katta imkoniyat. Biz jangchilarni birinchi o‘ringa qo‘yib, ularga munosib haq to‘lay olamiz. UFC esa asta-sekin o‘layapti, MVP esa uning o‘rnini egallashga tayyor”, — dedi Pol.
Uning ta’kidlashicha, moliyaviy cheklovlar sabab UFC yirik janglarni tez-tez tashkil qila olmayapti. Shu bois sport yulduzlari — Jon Jones va Conor McGregor kabi jangchilar muntazam ravishda jang qilmayapti.
