Erling Haalandning agenti Rafaela Pimenta hujumchiga Barcelona tomonidan qiziqish borligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Avvalroq “ko‘k-anorranglilar” prezidentligiga nomzod Victor Font agar u klub rahbari bo‘lsa, kataloniyaliklar Manchester City hujumchisini transfer qilishi mumkinligini aytgandi.
Pimentaning so‘zlariga ko‘ra, hozircha bu borada hech qanday muzokara o‘tkazilmagan.
“Men ko‘p bor aytganman: biz ‘Barselona’ni juda hurmat qilamiz va bu klubga qoyil qolamiz. Ammo hozircha na Erling Holand bilan, na ‘Barselona’ rahbariyati bilan ehtimoliy transfer bo‘yicha hech qanday aloqa bo‘lmagan.
Bundan tashqari, futbolchi bir necha oy oldin shartnomasini uzaytirdi va u ‘Manchester Siti’da juda baxtli. Unda hammasi juda yaxshi ketmoqda, shuning uchun hammasi yaxshi bo‘layotgan paytda transfer haqida gapirishga sabab yo‘q”, — dedi Pimenta.
