Mag‘lubiyatsiz chempion Khamzat Chimaev navbatdagi jangini sobiq UFC chempioniga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda rasmiy ma’lumotni UFC o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, Chimaev va Strickland o‘rtasidagi jang UFC 328 turnirining asosiy jangi bo‘ladi. Turnir 9-may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq, 2025-yil 17-avgust kuni Chimaev Janubiy Afrikalik jangchi Dricus du Plessisga qarshi oktagonga chiqqan edi. Besh raund davom etgan jang yakunda Chimaevning hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alabasi bilan tugagan.
Strickland esa oxirgi jangini 21–22-fevralga o‘tar kechasi AQShning Houston shahrida o‘tkazdi. U hamyurti Anthony Hernandezni uchinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etdi.
