UFC iyun oyida o‘tkaziladigan navbatdagi turnir haqida rasmiy e’lon qildi. UFC Fight Night 277 turniri 7-iyun kuni AQShning Las Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.
Turnirning asosiy jangida yarim o‘rta vazn toifasining sobiq chempioni Belal Muhammad braziliyalik jangchi Gabriel Bonfimga qarshi oktagonga chiqadi.
37 yoshli Belal Muhammad 2016-yilda UFCda debyut qilgan va 2024-yilda yarim o‘rta vazn chempioniga aylangan. Hozirga qadar u tashkilotda 15 ta g‘alaba va 5 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
28 yoshli Gabriel Bonfim esa 2023-yilda UFCda debyut qilgan. Braziliyalik jangchi hozirgacha promoushenda 6 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
