Londonning Arsenal klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa vingeri Bukayo Sakaning jamoa muvaffaqiyatlaridagi hissasini yuqori baholadi.
“Biz unga to‘liq ishonamiz va uni juda qadrlaymiz. U biz uchun va bu klub uchun qilayotgan ishlar uning yoshi uchun shunchaki aql bovar qilmaydi. U jamoaga juda katta ta’sir o‘tkazishda davom etmoqda. Uning kuchi va jamoaga berayotgan impulsi haqiqatan ham hayratlanarli”, — dedi Arteta Arsenal rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda Bukayo Saka barcha musobaqalarda Arsenal safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Ayni paytda londonliklar Premier Liga turnir jadvalida 67 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
