AQSh prezidenti Donald Trump UFC turniri Oq uy hududida o‘tkazilishi haqida fikr bildirib, bo‘lajak janglar kartasi juda kuchli bo‘lishini ta’kidladi.
“Bu ajoyib voqea bo‘ladi. Dana White juda yaxshi inson. U turnirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Oq uy oldida o‘tkazish g‘oyasini ilgari surdi. Hamma u yerda jang qilishni xohlaydi. Bu turnir AQSh mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlanadi. Juda kuchli kard bo‘ladi. Men hozirgina ro‘yxatni ko‘rdim va u yerda barcha top jangchilar bo‘ladigandek tuyuldi”, — dedi Tramp Jake Paulning YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, turnir 14 iyun kuni Washington shahrida o‘tkaziladi. Kechaning asosiy jangida yarim yengil vazn toifasida mutlaq chempionlik uchun Ilia Topuria va Justin Gaethje o‘zaro to‘qnash keladi.
