FC Barcelona yozgi transfer oynasi oldidan hujum qanotini kuchaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar bu pozitsiya uchun bir nechta nomzodlarni tahlil qilmoqda. Bu esa jamoada Marcus Rashfordning transferi bo‘yicha sotib olish varianti mavjud bo‘lishiga qaramay sodir bo‘lmoqda.
Qayd etilishicha, 28 yoshli ingliz futbolchisining FC Barcelonadagi kelajagi hozircha aniq emas. Avvalroq futbolchining o‘zi ham, klub rahbariyati ham to‘liq transferga qiziqish bildirgan edi, biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Kataloniyaliklar uchun muqobil variantlardan biri sifatida Chelsea FC vingeri Pedro Neto ham tilga olinmoqda.
