Bahrayn va Saudiya Arabistoni Gran-prilari bekor qilinishi F1’ga $132 mln zarar keltirishi mumkin — BBC - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

Bahrayn va Saudiya Arabistoni Gran-prilari bekor qilinishi F1’ga $132 mln zarar keltirishi mumkin — BBC

Formula 1 taqvimidan Bahrain Grand Prix va Saudi Arabian Grand Prix bosqichlari olib tashlanishi mumkin. Bu haqda BBC Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, poygalar yaqin sharqdagi harbiy mojaro sabab o‘tkazilmaydi. Rasmiy qaror joriy hafta oxirigacha e’lon qilinishi kutilmoqda. Yaqin kunlarda yuklarni mintaqaga jo‘natish boshlanishi kerak edi, biroq AQSH va Isroil hamda Eron o‘rtasidagi keskinlik tufayli poygalarni o‘tkazish jamoalar va xodimlar uchun katta xavf tug‘diradi.

Bekor qilingan bosqichlar o‘rniga yangi poygalar qo‘shilmaydi va natijada mavsum taqvimi 22 ta bosqichgacha qisqaradi. Moliyaviy yo‘qotishlar £100 milliondan (taxminan $132 mln) oshishi kutilmoqda. Sababi Bahrain va Saudi Arabistoni Gran-pri o‘tkazish uchun eng yuqori badallardan birini to‘laydigan davlatlar hisoblanadi.