Eron sport vaziri Ahmad Donyamali FIFAni 2026 yilgi jahon chempionatini AQSHda o‘tkazish huquqini bekor qilishga chaqirdi.
Uning aytishicha, hozirgi siyosiy keskinlik va xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar sabab Eron terma jamoasining AQShda o‘ynashi muammoli bo‘lishi mumkin. Donyamali agar Meksika va FIFA Eron o‘yinlarini Meksikada o‘tkazish uchun sharoit yaratsa, bu variant ko‘rib chiqilishi mumkinligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni AQSH va Isroil Eron hududlariga qarshi harbiy operatsiya boshlagan. Eron esa bunga javoban mintaqadagi AQSh bazalariga zarba bergan.
