“MYU” va “Chelsi” Bundesliganing iqtidorli vingeri uchun kurashmoqda - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

“MYU” va “Chelsi” Bundesliganing iqtidorli vingeri uchun kurashmoqda

“Manchester United”va “Chelsea” “Kyoln” vingeri Said El Malaga asosiy da’vogarlar qatoriga kirgan. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Kyoln” klubi 19 yoshli futbolchining kelajagini real baholamoqda va u uchun 50–60 mln yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Joriy mavsumda El Mala barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta assist qayd etdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 40 mln yevroni tashkil etadi.