Alisson Becker “Liverpul” safida faoliyatini davom ettiradi. ESPN xabariga ko‘ra, klub rahbariyati darvozabonning shartnomasidagi maxsus opsiyadan foydalanib, bitimni yana bir mavsumga uzaytirgan.
33 yoshli braziliyalik darvozabon Liverpool FC safiga 2018 yil yozida AS Roma jamoasidan €62,5 million evaziga o‘tgan edi.
Shu vaqt ichida Alisson mersisaydliklar safida 330 ta uchrashuvda maydonga tushib, 302 ta gol o‘tkazib yuborgan va 136 ta o‘yinda darvozasini “quruq” saqlab qolgan.
Transfermarkt portali braziliyalik darvozabonning hozirgi transfer qiymatini €17 million deb baholamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Alisson yaqinda yengil jarohat ham olgan.
