Formula 1 prezidenti Stefano Domenicali aprel oyiga rejalashtirilgan Bahrain Grand Prix va Saudi Arabian Grand Prix bekor qilingani fonida rasmiy bayonot berdi.
“Bu qarorni qabul qilish oson bo‘lmadi, ammo Yaqin Sharqdagi vaziyatni hisobga olsak, afsuski, bu eng to‘g‘ri qaror edi. Fédération Internationale de l’Automobile va musobaqa promouterlariga qo‘llab-quvvatlovi hamda to‘liq tushunganlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular har doimgidek katta energiya va ishtiyoq bilan musobaqani qabul qilishni intiqlik bilan kutishayotgan edi. Sharoitlar imkon bergach, yana qaytishni kutamiz”, — dedi Domenikali.
Ma’lum qilinishicha, rasmiy bayonotda ushbu bosqichlarning o‘rnini boshqa poygalar bilan almashtirish haqida aytilmagan. Shu sababli 2026 yilgi Formula 1 mavsumi kalendari 24 ta bosqichdan 22 taga qisqardi.
