Lewis Hamilton ilk bor Formula 1 doirasida Scuderia Ferrari safida asosiy poygada podiumdan joy oldi.
41 yoshli britaniyalik va yetti karra jahon chempioni Xitoy Gran-prisining asosiy poygasida uchinchi o‘rinni egalladi. Poyga 15 mart kuni Shanghai International Circuit trassasida bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilgi Xitoy bosqichida Hamilton “Ferrari” rulida sprint poygasida g‘alaba qozongan edi. Biroq asosiy poyga yakunlariga ko‘ra Hamilton va uning jamoadoshi Charles Leclerc avtomobil tagidagi plankadagi sinish sabab diskvalifikatsiya qilingan.
Formula-1. Xitoy Gran-prisi — asosiy poyga natijalari
1. Andrea Kimi Antonelli (Mercedes-AMG Petronas Formula 1 jamaosi ) — 56 aylana
2. George Russell (Mercedes) +5.515
3. Lewis Hamilton (Ferrari) +25.267
