“Manchester Yunayted” yozda 5 futbolchini sotishga tayyor - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 102.39 −33.37 EUR 13 990.36 −77.41 RUB 153.08 −0.32

“Manchester Yunayted” yozda 5 futbolchini sotishga tayyor

Manchester United yozgi transfer oynasida besh futbolchini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, klub hujumchilar Rasmus Højlund va Joshua Zirkzee, yarim himoyachilar Manuel Ugarte hamda Mason Mount, shuningdek darvozabon Andre Onana bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Ta’kidlanishicha, ushbu futbolchilar Erik ten Hag boshqaruvi davrida (2022–2024) transfer qilingan bo‘lib, “Manchester Yunayted” ular uchun jami 250 million funt (taxminan 287,5 mln yevro) sarflagan.

Shuningdek, klub yozda katta transfer kampaniyasini rejalashtirmoqda. “Qizil iblislar” yarim himoyachi, vinger, chap qanot himoyachisi va markaziy himoyachi sotib olishni maqsad qilgan.v