Dana White UFC ning hozirgi “yuzi” deb hisoblaydigan jangchilarni sanab o‘tdi, biroq Islam Makhachev nomini tilga olmadi.
“UFC’ning yuzi kim?” degan savolga Uayt quyidagicha javob berdi:
“Alex Pereira — liganing juda katta yulduzi. Ilia Topuria ham shunday. Bilasiz, Jon Jones esa hali ham tarixdagi eng buyuk jangchi”, — dedi u REVOLT YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Pereyraning navbatdagi jangi 14-iyun kuni Oq Uyda o‘tkaziladigan UFC turnirida bo‘lib o‘tadi. U yerda braziliyalik jangchi fransiyalik Ciryl Ganega qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu jangda og‘ir vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari o‘rtaga qo‘yiladi.
