Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchisi BYD Formulа-1da mavjud jamoani sotib olish yo‘li bilan ishtirok etishni o‘ylamoqda, deya xabar beradi Auto Motor und Sport.
Asosiy nomzodlar — Alpine F1 jamoasi va Aston Martin F1 jamoasi. Alpine jozibali bo‘lsa-da, 76% aksiyalari Renaultga tegishli. Aston Martin esa Honda dvigateli bilan bog‘liq muammolar tufayli qiyin vaziyatda.
BYDda avtomotosport tajribasi yo‘q, shuning uchun tayyor jamoani sotib olish F-1ga kirishning eng real yo‘li hisoblanadi. 2025 yilda kompaniya 4,6 mln avtomobil sotib, elektr transportda dunyo yetakchisi bo‘lgan
