Jurnalist Antonio Lobato Honda tomonidan Aston Martin F1 jamoasi uchun yetkazib berilayotgan dvigatel kuchi raqiblardan sezilarli darajada ortda qolayotganini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, “Honda” kuch qurilmasining quvvati raqobatchilarnikidan 50 ot kuchidan ham ko‘proq kam.
Eslatib o‘tamiz, Chinese Grand Prixda “Aston Martin” ikki piloti — Fernando Alonso va Lance Stroll texnik muammolar sabab marraga yetib bora olmadi. Natijada jamoa konstruktorlar chempionatida oxirgi o‘rinda bormoqda va Cadillac Formula 1 jamoasidan ortda qolmoqda.
