Sobiq vaqtinchalik chempion, amerikalik jangchi Dustin Poirier afsonaviy MMA jangchilari — Jon Jones va Khabib Nurmagomedov haqida fikr bildirdi.
“Jon Jons va Xabib kabi jangchilarda meni eng ko‘p hayratlantiradigan narsa — ular sportning eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, u yerda juda uzoq vaqt qolishga muvaffaq bo‘lishgan. Bu yo‘lda juda ko‘p noma’lum omillar, mag‘lub bo‘lish yoki xatoga yo‘l qo‘yish ehtimoli bor”, — dedi Porye.
Ma’lumot uchun, Dustin Poirier MMA’dagi professional faoliyati davomida 30 ta g‘alaba (24 tasi muddatidan oldin), 10 ta mag‘lubiyat qayd etgan, yana bir jang bekor qilingan deb topilgan.
