Ford va Mercedes‑Benz muhandislari Scuderia Ferrarining poyga startlarida nega juda kuchli ekanini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi Virutas de Goma akkaunti xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Ferrari”ning ustunligi turbokompressorda o‘rnatilgan sozlanadigan chiqarish klapani (ya’ni baypas yoki bypass klapani) bilan bog‘liq. Aynan shu texnologiya start paytida dvigatel bosimini optimal darajada ushlab turishga yordam beradi.
Ma’lum qilinishicha, odatda bunday klapanlar doimiy (fiksatsiyalangan) bo‘ladi va haydovchi gaz pedalini qo‘yib yuborganda ortiqcha bosimni chiqarib yuboradi. “Ferrari” esa bu tizimni boshqariladigan shaklda qo‘llab, start vaqtida qo‘shimcha ustunlikka erishmoqda.
Shuningdek, Ford va Mercedes‑Benz ham ayni texnologiyani o‘rganishni boshlagan, biroq uni amalda joriy etish 2027-yildan oldin amalga oshmasligi mumkin.
