Arman Tsarukyan yana UFC P4P reytingining top-15 taligiga kirdi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 12 129.01 +37.79 EUR 13 968.98 +124.53 RUB 147.99 −1.17

Arman Tsarukyan yana UFC P4P reytingining top-15 taligiga kirdi

Arman Tsarukyan UFC yangilangan P4P (vazn toifasidan qat’i nazar eng kuchli jangchilar) reytingida yana top-15 talikka qaytdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Yengil vazn toifasida ikkinchi o‘rinda turuvchi Tsarukyan 15-pog‘onani egalladi va shu orqali amerikalik Max Hollowayni reytingdan siqib chiqardi. Xollouey so‘nggi jangida braziliyalik Charles Oliveiraga mag‘lub bo‘lgan edi.

O‘z navbatida, “Du Bronx” laqabi bilan tanilgan Charles Oliveira g‘alabadan keyin P4P reytingida 11-o‘ringa ko‘tarildi.

Shuningdek, rossiyalik Tagir Ulanbekov eng yengil vazn (flyweight) reytingida bir pog‘ona pastlab, 14-o‘ringa tushdi.