Mahmud Murodovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 11 963.23 +50.85 EUR 13 970.66 +97.50 RUB 155.35 +1.96

Mahmud Murodovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik o‘rta vazn toifasidagi sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodovning (28-8-0-1) jang sanasi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, sportchi 14-iyun kuni Chexiyaning Praga shahrida oktagonga chiqadi.

Murodov Oсtagon 72 turniri doirasidagi musobaqada chexiyalik Patrik Kensil bilan bahs olib boradi. Jang o‘rta vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov 9-mart kuni Germaniyaning Shtutgart shahrida tashkil etilgan Octagon 68 turnirida shveysariyalik Yasubi Enomotoga qarshi jang olib borib, ikkinchi raundning 40-soniyasida og‘ir nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik sportchi 2019—2024 yillar oralig‘ida UFC jangchisi sifatida dunyoning eng nufuzli ligasida olti marotaba ringga chiqib, to‘rtta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etgan.