Novak Jokovich Shanghai Masters 1/2 finaliga chiqdi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 11 963.23 +50.85 EUR 13 970.66 +97.50 RUB 155.35 +1.96

Novak Jokovich Shanghai Masters 1/2 finaliga chiqdi

Xitoyning SHanxay shahrida o’tkazilayotgan tennis bo’yicha «Masters» seriyasiga kiruvchi nufuzli turnir o’zining qizg’in pallasiga kirdi.

Dunyoning beshinchi raketkasi Novak Jokovich 1/4 finalda ATP reytingida 44-pog’onada borayotgan belgiyalik Zizu Bergsni biroz qiyinchilik bilan mag’lubiyatga uchratdi – 6/3, 7/5. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi bo’ldi.

Bir soatu 50 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 6, Bergs 7 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Novak SHanxay «Masters» turnirida 10-marotaba 1/2 finalga chiqdi. Uning final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvdagi monegasklik Valenten Vashero bo’ladi.

Manba : gotennis