Jizzaxda viloyat kubogi uchun voleybol bahslari boshlandi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 11 963.23 +50.85 EUR 13 970.66 +97.50 RUB 155.35 +1.96

Jizzaxda viloyat kubogi uchun voleybol bahslari boshlandi

Jizzax viloyatida 18 yoshli o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha viloyat kubogi musobaqalari boshlandi. Ochilish marosimida O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev Shukrulloyevich, viloyat IIB boshlig‘i, viloyat voleybol federatsiyasi raisi general-mayor G‘ayrat Qodirov hamda sport sohasidagi mutasaddilar ishtirokchilarga omad tilashdi.

Ta’kidlash joiz, musobaqaning shahar va tuman bosqichlarida 421 ta jamoa tarkibidagi 5900 nafar yosh ishtirok etdi. Ularning orasidan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 26 ta jamoa (364 nafar sportchi) viloyat bosqichida bellashmoqda.

Ikki kun davom etadigan bahslar yakunida g‘oliblar respublika bosqichida Jizzax viloyati sharafini himoya qiladi. Qizg‘in o‘tayotgan musobaqa so‘ngida eng yaxshi jamoa va sportchilar munosib taqdirlanadi.