Sirdaryoda voleybol sport turi bo‘yicha xalqaro darajadagi seminar tashkil etildi - Sportxabarlari

Elektron pochta: info@sportxabarlari.uz

Kurs UZS: USD 11 963.23 +50.85 EUR 13 970.66 +97.50 RUB 155.35 +1.96

Sirdaryoda voleybol sport turi bo‘yicha xalqaro darajadagi seminar tashkil etildi

Mazkur seminar FIVB (Xalqaro voleybol federatsiyasi) instruktori Moro Branislav, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev, Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimi Sherzod Abdukarimov hamda Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida viloyatdagi voleybol murabbiylari hamda sport mutaxassislari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda voleybol sport turining o‘quv jarayoniga zamonaviy yondashuvlar, xalqaro standartlar asosida mashg‘ulotlar tashkil etish, sportchilarni tayyorlash sifati va metodikasini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, FIVB instruktorining tajriba asosidagi tavsiyalari bilan o‘rtoqlashildi.

Seminar so‘ngida voleybol sport turi uchun kerakli bo‘lgan sport anjomlari tuman (shahar)larda faoliyat yuritayotgan voleybol trenerlariga tarqatildi.