O‘zbekiston ayollar terma jamoasi jamoaviy Jahon chempionatining final bosqichiga yo‘llanma oldi. Qizlarimiz Boku saralashida Ozarbayjonni 2,5–1,5 hisobida mag‘lub etib, Ispaniyaning Linares shahrida o‘tadigan final bosqichiga chiqdi!
Jamoamiz a’zolari:
- Nafisa Mo‘minova (jamoa rahbari);
- Afruza Xamdamova;
- Gulruhbegim Tohirjonova;
- Umida Omonova;
- Guldona Karimova;
- Madinabonu Xalilova;
Qizlarimizni ajoyib g‘alaba bilan tabriklaymiz va final bosqichida omad tilab qolamiz!
