Bugun Qozog‘iston voleybol federatsiyasi rais o‘rinbosari Arman Kabesov O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida unga O‘zbekiston voleybol federatsiyasi rais o‘rinbosari Jamshid Fayziyev hamrohlik qildi. Birinchi bo’lib Sport vazirligining Sport vaziri maslahatchisi Momindjanov Sharifjon Fuzailovich ham uchrashib, sport aloqalarini kengaytirish, qo‘shma loyihalar va tajriba almashish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdi. Shuningdek, mehmon vazirlikning Sport maktablari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi Rahmatxo‘jayev Muzaffarxo‘ja Yunusxonovich uchrashib, ikki davlat o‘rtasida voleybolni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston davlat sport akademiyasining rahbari Tursunaliyev Ilhomjon Axmedovich bilan ham majlis o’tkazilinib, davlatlarda sportni yanada rivojlantirish masalalari ko’rib chiqildi.
💠 Delegatsiya tashrifining yana bir qismi sifatida Olimpiya shaharchasiga borilib, voleybol sport turi uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, sport zallari va infratuzilma bilan yaqindan tanishildi. Shundan so’ng delegatsiya “Beshqozon” osh markazida milliy taomlardan bahramand bo‘ldilar. Keyinchalik Kabesov “Ichki ishlar organlari tarixi” muzeyida bo‘lib, muzey faoliyati va ekspozitsiyasi bilan tanishdi.
🏐 Uchrashuv yakunida ikki mamlakat federatsiyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum voleybolni rivojlantirish, o‘quv-mashg‘ulot dasturlarini takomillashtirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Tashrif do‘stona muhitda yakunlanib, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi mehmonga esdalik sovg‘alari, jumladan milliy chopon va do‘ppi taqdim etildi.
