32 yoshli hujumchi nafaqat yil futbolchisi, balki Superliganing eng ko‘p gol urgan futbolchisi sifatida ham e’tirof etildi.
Toshkentning “Paxtakor” klubi forvardi Igor Sergeyev Superligada 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
U joriy mavsumda “Paxtakor” safida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol kiritdi va jamoaning kumush medallarni qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shdi. Ushbu natija unga Superliga to‘purari sovrinini ham taqdim etdi.
Yil futbolchisi unvoni uchun kurashda Sergeyev “So‘g‘diyona” hujumchisi Lyupcho Doriyev va “Neftchi” yarimhimoyachisi Jamshid Iskanderovni ortda qoldirdi.
«Bu sovrinni olishdan juda xursandman. Har bir futbolchi uchun bunday e’tirof juda muhim. Rostini aytsam, nomzodlar qatorida bo‘lishimni va ayniqsa, g‘olib bo‘lishimni kutmagan edim. Juda hayajondaman», — dedi Igor Sergeyev o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan.
