Xabaringiz bor, 4-13 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bahslariga mezbonlik qiladi. IBA tashkiloti sha’feligida o‘tkazilayotgan ushbu turnirda terma jamoamiz a’zolari ham qatnashadi. Birinchi kun doirasidan ikki nafar bokschimizning bahsi o‘rin olgan.
- 80 kg: Javohir Ummataliev – Dasheil Fanchette (Seyshel orollari);
- 63,5 kg: Sayat Ilyasov – Anas Sleyman (Falastin);
Janglar Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
